O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Koreya farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilari bilan onlayn biznes uchrashuv o‘tkaziladi

Koreya Respublikasi sog‘liqni saqlash sanoatini rivojlantirish intituti vakolatxonasi yurtimizda faoliyat yuritayotgan farmatsevtika sohasi mutaxassislari, tadbirkorlar va soha vakillarini Koreya farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilari bilan joriy yilning 1 iyulidan 15 iyuligacha bo‘lib o‘tadigan onlayn biznes uchrashuvga taklif etadi.

Uchrashuvda Koreya Respublikasining 27 nafar farmatsevtika kompaniyalari vakillari ishtirok etishi rejalashtirilgan bo‘lib, qiziqqanlar 27 iyuniga qadar khidi.kz@gmail.com pochta manziliga quyidagi hujjatlarni yuborishlari so‘raladi:

▪️ Kompaniya nomi
▪️ Kompaniya vakili ismi sharifi
▪️ Kontaktlar (e-mail, uyali aloqa raqami)
▪️ Kompaniya veb-sayti (mavjud bo‘lsa)
▪️ Uchrashuv o‘tkazmoqchi bo‘lgan koreys kompaniyasi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech