O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Koronavirus bo‘yicha 1105 –“call-center” 1003 bilan birlashtirildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining xabar berishicha, yurtimizda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat murakkablashgan sharoitda aholining kasallik bilan bog‘liq savollariga o‘z vaqtida javob berish, tibbiy yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan edi.

Bu tezda samara berib, aholidan kelayotgan murojaatlar oqimi bir tizimga tushishiga sabab bo‘ldi. So‘nggi vaqtlarda uy sharoitida davolanayotgan bemorlarga hamda karantinga olingan shaxslarga tibbiy maslahat va axborot berish maqsadida tunu-kun uzluksiz faoliyat ko‘rsatuvchi 1105 qisqa raqamli “Call-center”ga murojaatlarning keskin kamaygani kuzatildi.

Ayni paytga kelib, koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat biroz barqarorlashgani inobatga olinib, 1105 qisqa raqamli “Call-center” faoliyatini vaqtinchalik to‘xtatish va uning vazifalarini 1003 – “Call-markaz”iga yuklatish belgilandi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech