O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Koronavirusga qarshi samaradorligi 90 foizdan ortiq bo‘lgan ilk vaksinani yaratgan Biontech kompaniyasining egalari - musulmon oila Ugur Shaxin va Ozlam haqida qiziq maʼlumotlar

Biontech va Pfizer kompaniyalari koronavirusga qarshi vaksina 90 foizlik muvaffaqiyat bilan 54000 odamda test qilinganligini maʼlum qilishgandi. Vaksina Biontech kompaniyasi laboratoriyasida yaratildi va Pfizer kompaniyasi ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Biontech kompaniyasi kelib chiqishi asli turkiyalik bo‘lgan musulmon er-xotin Ugur Shaxin va Ozlam Tyurechiga tegishli.

Oila boshi Ugur Shaxinning tarixi Germaniyaga XX asrda ko‘chib kelgan boshqa turk migrantlariga o‘xshab ketadi. U 4 yoshga kirganda ota-onasi Ford zavodiga ishlash uchun Turkiyadan Keln shahriga ko‘chib keladi. Yoshligidanoq Ugur doktor bo‘lishni orzu qiladi va Keln Universitetiga o‘qishga kiradi. U 1993 yilda rak hujaylari bo‘yicha immunoterapiya mavzusida doktorlik ishini himoya qiladi.

Ish faoliyatini boshlagandan so‘ng, u rafiqasi doktor Tyurechi xonimni uchratib qoladi. Tyurechi xonim Germaniyada tug‘ilib o‘sgan bo‘lsada, uning ota-onasi ham Turkiyadan ko‘chib kelishgan immigrantlar edi. Otasi fizik bo‘lib, laboratoriyada faoliyat yuritardi.

Bir-birini sevib qolgan yoshlar shunchalik ilm-fanga berilgan ediki, hatto to‘ylari kuni ham marosimlardan keyin laboratoriyaga ishlagani ketishadi. Juftlik faoliyatlari davomida Syurix Universiteti laboratoriyasi bilan yaqindan hamkorlik qilishadi, u yerda Nobel mukofoti sovrindori Rolf Zinkernagel qo‘li ostida ishlashadi.

2001 yilda Ugur ayoli bilan rakka qarshi kurashda foydali bo‘lgan narkotik moddalar asosida dorilar ishlab chiqaruvchi Ganymed Pharmaceuticals kompaniyasiga asos solishadi. Keyinchalik, faoliyat kengayib, Biontech kompaniyasiga asos solishadi. Biontech kompaniyasida xozirda 1800dan ortiq ilmiy xodim faoliyat yuritadi. Bugungi kunda Biontech kompaniyasi umumiy qiymati 21 milliard dollarga baholanmoqda. Bu juftlikni Germaniyaning eng boy oilalaridan biriga aylantiradi. Lekin, juftlik shunga qaramay daromadni to‘liq ilmiy izlanishlarga sarflashda davom etmoqda.

Oila hali hanuz juda kamtarona hayot kechiradi. Ular yagona qiz farzandi bilan ishxonalari oldidagi kichkina kvartirada yashashadi. Ularning hatto mashinasi ham yo‘q, ishga velosipedda qatnashadi.

Biontech kompaniyasi vaksinani ustida ishni yanvar oyida boshladi va rekord 10 oyda insoniyat tarixidagi eng katta pandemiyalardan biriga qarshi vaksina yaratdi. BFT1162B2 koronavirusga qarshi vaksina insoniyatni bir yildan beri qiynab kelgan pandemiyaning yechimi sifatida ko‘rilmoqda. Vaksinadan Biontech kompaniyasi ko‘radigan daromad bo‘lsa 3 milliard dollardan oshib ketishi taxmin qilinmoqda.

Malumotlar Allaevuzb telegram kanalidan olindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech