O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Komplayens, moliyaviy nazorat va ichki audit xizmati tomonidan 2022 yil 31 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 12 fevraldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-81-son qarori ijrosi taʼminlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda Agentlikning boshqarma va bo‘lim boshliqlari, xududiy bo‘linmalar, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari qatnashdilar.

Yig‘ilishda Prezidentimizning yuqoridagi qarori ijrosi yuzasidan 2022 yil 15 fevralda Agentlikning 22-sonli buyrug‘i qabul qilinganligi hamda ijroga yo‘naltirilganligi, Agentlik markaziy apparati va idoraviy mansub tashkilotlari tomonidan Agentlik Komplayens, moliyaviy nazorat va ichki audit xizmati bilan birgalikda tizimda korrupsiyaga qarshi kurashishning taʼsirchan va samarali mexanizmini joriy etish masalalari, shuningdek, ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarning samaradorligi yuzasidan sifatli va haqqoniy tarzda rasmiylashtirilgan hisobotlarni belgilangan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining “E-Anticor.uz” elektron platformasiga yuklab borilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora tadbirlar batafsil muhokama qilindi.

Bundan tashqari, tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari yuzasidan mamlakat miqyosida hamda Agentlik tomonidan qabul qilingan huquqiy-meʼriy xujjatlarning mohiyati va Agentlik tizimida ularning ijrosini samarali taʼminlash masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech