O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan navbatdagi profilaktik tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 30 sentyabr sanasida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining xududiy bo‘linmalari boshliqlari va barcha xodimlari uchun Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Ulug‘bek Egamov raisligida Komplayens, moliyaviy nazorat va ichki audit xizmatining “Boshqaruv tartibiga qarshi korrupsiyaviy hatti-harakatlar, ularga oid qonunbuzarliklarning umumiy tavsifi hamda Agentlik tizimida ularning oldini olish bo‘yicha dolzarb masalalar” mavzusidagi profilaktik tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda bugungi kunda mamlakatimizda boshqaruv sohasini demokratlashtirishga qaratilgan islohotlarga salbiy taʼsir etuvchi omillarning asosiylaridan biri bu - boshqaruv tartibiga qarshi korrupsiyaga oid jinoyatlar hisoblanishi, ushbu jinoyatlar: birinchidan, boshqaruv faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, ikkinchidan, har qanday shaxslar tomonidan bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish orqali sodir etilishining salbiy oqibatlari yuzasidan batafsil to‘xtalib o‘tildi.

Jumladan, boshqaruv tartibiga qarshi korrupsiyaga oid alohida turdagi jinoyatlar uchun jinoyat subyekti sifatida maxsus subyektlar, yaʼni, mansabdor shaxslar sodir etgan jinoyatlari uchun Jinoyat Kodeksining 205, 206, 208‒210-moddalariga, xizmatchilar, yaʼni, davlat organida, tijorat, notijorat tashkilotida mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi, mansabdor shaxs alomatlariga ega bo‘lmagan shaxslar uchun esa Jinoyat Kodeksining 213‒214 kabi moddalariga ko‘ra jazo muqarrarligi taʼminlanishi tushuntirildi.

Bundan tashqari, Boshqaruv tartibiga qarshi korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etish oqibatida shaxs tomonidan davlat yoki boshqa shaxslar manfaati uchun maʼlum miqdorlarda iqtisodiy yoki boshqa zararlar yetkazishiga qarab sodir yetilgan jinoyatga alohida alohida jazo choralari qo‘llanilishi ko‘zda tutilganligi tushuntirilib, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksida belgilangan atamalar, yaʼni, ancha miqdor, ko‘p miqdor, juda ko‘p miqdor, ko‘p bo‘lmagan zarar, ancha miqdordagi zarar, ko‘p miqdordagi zarar va juda ko‘p zarar atamalarining maʼno mazmuni batafsil tushuntirib berildi.

Shuningdek, Agentlikda ishlovchi har bir xodim tomonidan boshqaruv tartibiga qarshi korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishdan tiyilish, unga yo‘l qo‘ymaslik va ularning oldini olishda barchaning qatʼiy masʼul ekanligi yuzasidan batafsil tavsiyalar berildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech