O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashning huquqiy asoslari mavzusida seminar o‘tkazildi

2022 yil 16 iyulda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “Komplayens, moliyaviy nazorat va ichki audit xizmati” tomonidan fuqarolarning axborotni erkin izlash va olishga doir konstitutsiyaviy huquqlarini amalga oshirish, Farmatsevtika agentligi faoliyatining ochiqligi, shaffofligi va hisobdorligini taʼminlash, ochiqlik borasidagi samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilash hamda faoliyatini ilg‘or xalqaro standartlar asosida baholash tizimini joriy etish maqsadida Agentlik markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari rahbarlari va xodimlari uchun “Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholashning huquqiy asoslari hamda agentlik faoliyatida ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish masalalari” mazusida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Xususan, amaldagi qonunchilik hamda agentlikda qabul qilingan korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiy qo‘llanmasiga muvofiq Agentlikka yuklatilgan funksiyalar bo‘yicha korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholash tizimini joriy etish, shuningdek, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-240-sonli qarori talablari asosida belgilangan topshiriq va vazifalarni amaliyotga joriy etish masalalari yuzasidan so‘z yuritildi.

Shuningdek, o‘quv-seminarida agentlik faoliyatida ochiqlikni taʼminlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilingan holda, 2022 yil 14 iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining ochiqlik darajasini oshirish va baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-154-sonli Farmoni talablari asosida yangidan joriy etilayotgan Ochiqlik indeksini Agentlik tizimida tegishli yo‘nalishlar asosida maʼsullar tomonidan joriy qilinishida ko‘zda tutilgan aniq vazifa va topshiriqlar muhokama qilindi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech