O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

«Kosher Food» MCHJga berilgan litsenziyaning amal qilishi tugatildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatga qarshi kurashish departamenti va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar xududiy bo‘linmasi hamkorligida o‘tkazilgan tekshiruvlari natijasiga ko‘ra Toshkent shahar, Chilonzor tumanida joylashgan «Kosher Food» MCHJga tegishli dorixonada respublika sertifikatlashtirish idoralari tomonidan muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmagan ayrim dori vositalarining noqonuniy savdosi aniqlangan.

Mazkur holat bo‘yicha Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar xududiy bo‘linmasining «Kosher Food» MCHJga dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2019 yil 12 aprelda berilgan TN 1170-raqamli litsenziyaning amal qilishini tugatishni so‘rab Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasi sudning 2021 yil 20 oktyabr kunidagi 4-1001-2127/37946-sonli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi va «Kosher Food» MCHJga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishi tugatildi.

Maʼlumot uchun, “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida"gi nizom (ro‘yxat raqami 284-son 12.05.2017)ga asosan, dori vositalari va tibbiy buyumlarni muvofiqlik sertifikatlarisiz saqlash va (yoki) realizatsiya qilish - faoliyat uchun berilgan litsenziyaning amal qilishi belgilangan tartibda to‘xtatilishiga olib keladigan, litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanadi!

Mazkur nizomga muvofiq, Litsenziyalovchi organ qonun hujjatlari talablari buzilganligi, shu jumladan dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxini belgilash tartibi qo‘pol ravishda buzilganligi oqibatida litsenziyaning amal qilishi to‘xtatilgan dorixona, dorixona filialining manzillari reyestri va xodimlari reyestrini shakllantiradi hamda ushbu Nizomning 55-bandida ko‘zda tutilgan manzillar reyestri va xodimlar reyestriga kiritilgan maʼlumotlar ular kiritilgan vaqtdan eʼtiboran uch yil davomida saqlanadi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish 
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech