O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini retseptsiz sotganlik uchun jazo choralari kuchaytiriladi

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021 yil 27 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi majlisida maʼlum qilindi.

Plenum majlisi muhokamasida bir qator masalalar, jumladan “Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi masalasi muhokama qilindi.

Qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilganligi, shuningdek, sud amaliyotida ushbu toifadagi jinoyat ishlarini tergov qilish va sudda ko‘rish chog‘ida ayrim masalalar yuzaga kelganligi bois, Oliy sud Plenumining “Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan bog‘liq jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq:

• Tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik  to‘g‘risidagi kodeksi 1651-moddasining uchinchi qismi bilan javobgarlikka sabab bo‘ladi. Agar bunday harakatlar maʼmuriy jazo choralari qo‘llanilgandan so‘ng yoki ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, aybdorning harakatlari JK 1863-moddasining beshinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.

• Tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini bunga ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‘lmagan dorixonalarda realizatsiya qilish kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni qonunga xilof ravishda o‘tkazish sifatida baholanishi va JK 2511-moddasining tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.

• Tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini berish uchun mo‘ljallangan retseptni ularni shaxsan isteʼmol qilish maqsadida qalbakilashtirishi JK 228-moddasi bilan, retsept bunday vositalarni o‘tkazish madsadida qalbakilashtirish JK 228-moddasi bilan, retsept bunday vositalarni ӯtkazish maqsadida qalbakilashtirilganda esa, JK 228 va 2511-moddalari majmui bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.

• Kuchli taʼsir qiluvchi yoki zaharli moddalarni ishlab chiqarish, olish, saqlash, hisobga olish, berish, tashish yoxud jo‘natish qoidalarini buzish (JK 2511-moddasining to‘rtinchi qismi) odamning uzoq muddat davomida kasallanishi, atrof-muhitning zaharli moddalar bilan ifloslanishi va h.k.larda ifodalanishi mumkin. Ehtiyotsizlik orqasida badanga shikast yetkazilishi yoxud odam o‘lishi JK 2511-moddasining to‘rtinchi qismi tarkibi bilan qamrab olinmaydi va JK Maxsus qismining inson hayoti va sog‘lig‘iga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari bilan kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi.

Plenum yakunida sudlarga kun tartibidagi masalalar yuzasidan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni realizatsiya qilish va qonunbuzilishlar sodir etgan shaxslarga nisbatan jiddiy javobgarlik belgilash bo‘yicha Oliy sudi raisi Kozimjon Kamilov tomonidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech