O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Kuchli ta’sir qiluvchi va sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi qonunbuzilish holatini fosh etishdi.

Olingan tezkor maʼlumotga asosan, Andijon shahrida fuqaro E.M. boshqaruvidagi “Lasetti 2” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Ko‘zdan kechirish natijasida avtotransport vositasi salon qismida fuqaro E.M.ga tegishli bo‘lgan, sifati kafolatlanmagan, umumiy qiymati 51,2 million so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 2000 dona “Tramadol 50 mg” va 8 dona “Tropikamid 1%” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olindi.

300 million so‘mlik dori vositalarini noqonuniy tarzda pullamoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Navbatdagi tezkor tadbir Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi, hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda Zangiota tumani hududida bo‘lib o‘tdi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro K.X. “KIA BONGO III” rusumli yuk avtotransport vositasiga yuklangan umumiy qiymati 300 million so‘mlik jami 10 000 quti “Sefoperazon 1,0g” va “Sulbektam 0,5” nomli dori vositalarini shartli xaridorga noqonuniy tarzda sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Sifati kafolatlanmagan dori vositalarning noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan navbatdagi huquqbuzarlik holati o‘z vaqtida fosh etildi.

Olingan tezkor maʼlumotlarga asosan, fuqaro M.U. boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Ko‘zdan kechirish natijasida avtotransport vositasida fuqaro A.A.ga tegishli bo‘lgan, sifati kafolatlanmagan, umumiy qiymati 40,5 million so‘mlik 108 dona “Neoton” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.

“Damas”dagi nayrang fosh bo‘ldi

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Chortoq tumani hududida fuqaro M.X. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina to‘xtatilib belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada ushbu avtomashinada tegishli hujjatlari bo‘lmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 212 million so‘mlik 38 turdagi 84 662 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech