O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Kun tarixi: 17 sentyabr - Butunjahon bemorlar xavfsizligi kuni!

Dunyodagi har bir inson hayotining maʼlum bir davrida kasallikning oldini olish yoki davolash uchun dori-darmonlarni qabul qiladi. Dori vositalari isteʼmol qilishdagi xatolar butun dunyo bo‘ylab sog‘liqni saqlash muassasalarida bemorlarni oldini olish mumkin bo‘lgan zararning asosiy sabablaridan biridir. Shu bilan birga, dori vositalarini saqlash, retsept bilan berish, qo‘llash qoidalarining buzilishi va ulardan foydalanish ustidan nazoratning sustkashlikka yo‘l qo‘yilishi natijasida bemorlarning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazilishi holatlari ham uchrab turibdi. Global miqyosda davolash xatolari bilan bog‘liq xarajatlar yiliga 42 milliard AQSH dollarini tashkil qiladi.

2022 yilgi Butunjahon bemorlar xavfsizligi kunining maqsadlari:

1. Dori preparatlar qo‘llash bilan bog‘liq xatolar va xavfli dori vositalaridan kelib chiqadigan jiddiy zarar haqida global xabardorlikni oshirish va dori terapiyasining xavfsizligini yaxshilash bo‘yicha shoshilinch choralar ko‘rishga chaqirish.
2. Dori preparatlarini qo‘llashdagi xatolarining oldini olish va dori vositalari bilan bog‘liq zararni kamaytirish uchun asosiy manfaatdor tomonlar va hamkorlarni jalb etish.
3. Bemorlar va ularning oila aʼzolarining dori vositalaridan xavfsiz foydalanishni faol targ‘ib qilish salohiyatini oshirish. JSSTning Global Bemor xavfsizligi bo‘yicha "Zararsiz dorilar" maqsadiga erishishga harakat qilish.

Agar sizda nojo‘ya dori reaksiyasi kuzatilsa, xabarnoma shaklini to‘ldirishingiz mumkin. Word dasturida to‘ldirilgan xabarnomani farmakonadzor@ssv.uz elektron pochta manziliga yoki 100002, Toshkent, ko‘ch. Ozod, K.Umarov tor ko‘ch, 16. manziliga yo‘llashingiz mumkin.

Savollaringiz bo‘lsa, quyidagi telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin: (71) 203-01-01 (ichki 4144);

Davlat markazi Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech