O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika texnik universiteti Kuzatuv kengashining birinchi rasmiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Kuni kecha Farmatsevtika texnik universiteti Kuzatuv kengashining birinchi rasmiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda kengashning o‘quv jarayonini hamkorlikda boshqarish, ijtimoiy sheriklik tamoyillarini samarali amalga oshirish, universitetning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quv jarayonini yana-da takomillashtirish kabi asosiy vazifalari ko‘rib chiqildi.

Kuzatuv kengashiga Farmatsevtika texnik universitetining joriy faoliyati, rivojlanish strategiyalari, o‘quv-dasturiy ishlari, talabalarni qabul qilish jarayoni va talabalarga ajratilgan stipendiya dasturining tafsilotlari haqida hisobot taqdim etildi.

Kuzatuv kengashi universitet tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga ijobiy baho berdi. Yig‘ilishda, shuningdek, Farmatsevtika texnik universitetini rivojlantirish istiqbolari ham muhokama qilindi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech