O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“Litsenziya” axborot tizimi hamda maʼmuriy tartib-taomillarni takomillashtirish bo‘yicha davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 10 noyabr kuni Adliya vazirligida “Litsenziya” axborot tizimi orqali ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini sifatli, qulay va shaffof ko‘rsatilishini taʼminlash hamda ushbu sohada muammolar va uni bartaraf qilish yuzasidan davra suhbati tashkil qilindi.

Tadbirda Adliya vazirligi, davlat xizmatlari ko‘rsatishga masʼul bo‘lgan vazirlik va idoralar xodimlari hamda tadbirkorlik subyektlari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6044-son Farmoni 10-bandida 2021 yil 1 yanvardan boshlab litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari bosqichma-bosqich to‘liq elektron tarzda “Litsenziya” axborot tizimi orqali amalga oshirilayotganligi takitlandi.

Davra suhbati davomida davlat xizmatlarini ko‘rsatilishida yuqoridagi qonun hujjatlari va elektron tizim orqali yuzaga kelgan muammolarni muhokama qilish hamda ularni bartaraf qilish bo‘yicha muammo va takliflar o‘rtaga tashlandi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar tomonidan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini soddalashtirish va “Litsenziya” axborot tizimini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalari bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech