O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Litsenziya talab va shartlarini buzgan korxona litsenziyasining amal qilish muddati to‘xtatib qo‘yildi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan “ABDULLO FARM SAVDO SERVIS” MCHJ (STIR 302679387) korxonasida o‘rnatilgan tartibda tekshiruv o‘tkazildi. Tekshiruv davomida mazkur korxona tomonidan bir qator litsenziya talab va shartlarini buzish holatlari aniqlangan.

Ushbu holatlar yuzasidan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi “ABDULLO FARM SAVDO SERVIS” MCHJga bartaraf etish muddatlarini belgilangan holda ko‘rsatma xati yo‘llagan. Lekin korxona tomonidan litsenziya talab va shartlarini buzilish holatlari belgilangan muddatlarda bartaraf etilmagan.

Shu asoslar bo‘yicha Agentlik tomonidan korxonaga tayyor dori vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish uchun berilgan 2018 yil 30 avgustdagi 15274 raqamli litsenziyaning amal qilishini to‘xtatishni so‘rab, Namangan tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasi qanoatlantirildi va sudning 2022 yil 22 iyul kuni 4-1601-2203/3297-sonli ish yuzasidan qabul qilingan hal qiluv qaroriga muvofiq, “ABDULLO FARM SAVDO SERVIS” MCHJga berilgan 15274 raqamli litsenziyaning amal qilishi 1 oy muddatga to‘xtatib qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil yanvar - may oylarida farmatsevtika faoliyati uchun berilgan litsenziyalarining amal qilish muddati tugagan yuridik shaxslar ro‘yxati bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech