O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Litsenziya talab va shartlarini buzgan "SAYOHAT ONA FARM" MCHJga chora ko‘rildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar Chilonzor tuman bo‘limi xodimlari tomonidan Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 18-mavze, 17-uy, 2-xonadonda joylashgan "SAYOHAT ONA FARM" MCHJ dorixonasida o‘tkazilgan tekshiruv natijasiga ko‘ra, respublika sertifikatlashtirish idoralari tomonidan muvofiqlik sertifikati rasmiylashtirilmagan va O‘zbekiston Respublikasi hududida sotish, foydalanish va tibbiyot amaliyotida qo‘llash taʼqiqlangan “Zardeks”, “Regapen”, “Selofen” va “Tropikamid" kapsulalari noqonuniy sotilayotganligi aniqlangan.

Yuqoridagi holatlar bo‘yicha Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 18-mavze, 17-uy, 2-xonadonda joylashgan "SAYOHAT ONA FARM" MCHJga 2019 yil 20 iyulda berilgan TN 1468-raqamli litsenziyani bekor qilish haqida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritgan daʼvo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi va "SAYOHAT ONA FARM" MCHJga dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun berilgan litsenziya bekor qilindi.

Eslatib o‘tamiz, «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi qonunning 20-moddasidaga muvofiq cifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini xarid qilish, chakana realizatsiya qilish va ulardan foydalanish taqiqlanadi!

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 818-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Kuchli taʼsir kiluvchi moddalar ro‘yxati”ga kirgan dori vositalarining chakana realizatsiyasi (sotish) faqat giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni saqlash va sotish faoliyati uchun litsenziyaga ega bo‘lgan dorixonalar va ijtimoiy dorixonalar orqali amalga oshirilishi belgilangan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech