O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan Surxondaryoda profilaktik tadbir o‘tkazildi

Sifatsiz, Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan, qalbakilashtirilgan dori vositalarini muomalaga kirishi hamda litsenziya talablarini buzilish xolatlarini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar doirasida Surxondaryo viloyatining Termez shahrida joriy yilning 27 iyun kuni Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi va Agentlikning Surxondaryo hududiy bo‘linmasi xodimlari tomonidan viloyatda faoliyat yuritayotgan, dori vositalarini ulgurji realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi "SURXON ZAYTUNI" XK, "SURXON TA‘MINOT FARM" MCHJ, "SURXON DORI-DARMON" MCHJ, “ASKLEPIY” ChEK MCHJ, "GRAND PHARM TRADE" MCHJ, "MEMORY PHARM AG" MCHJ, “FARM-DUNYOSI” MCHJ rahbar xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Litsenziatlar eʼtiboriga farmatsevtika sohasidagi yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari, ularning mazmun mohiyati to‘g‘risida maʼlumot berildi. Shu bilan birga, jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar asosida litsenziatlarda o‘tkazilgan tekshiruvlar va ko‘rilgan taʼsir choralar ular eʼtiboriga yetkazilib, dori vositalari muomalasida sifatsiz, kontrafakt farmatsevtik mahsulotlar aylanmasiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida litsenziyatlar ogohlikka chaqirildi.

Yig‘ilish qatnashchilari tomonidan ularni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli javoblar va tavsiyalar berildi.

Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech