O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Mahalliy farmatsevtika korxonalari diqqatiga❗️

Qirg‘iziston hukumati tomonidan 2018 yil 28 avgustda qabul qilingan “Dori vositalari aylanmasi sohasida davlat ro‘yxatiga olish bilan bog‘liq baʼzi masalalar to‘g‘risida”gi 405-sonli qaroriga ko‘ra:

2021 yilning 1 iyulga qadar dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu Qarorning 1-bandi bilan tasdiqlangan tartibga, yoki Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi Kengashining 2016 yil 3 noyabrdagi 78-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan dori vositalarini ro‘yxatga olish va ekspertizadan o‘tkazish qoidalari»ga muvofiq amalga oshiriladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Qirg‘iziston Respublikasining YEOIIga aʼzo bo‘lishi munosabati bilan o‘z mahsulotlarini ushbu davlatga eksport qiluvchi mahalliy farmatsevtika kompaniyalariga 2021 yil 30 iyunga qadar ro‘yxatga olish maʼlumotlarini taqdim etishi va belgilangan tartibda to‘lovni amalga oshirishlarini tavsiya etadi.

Qirg‘iziston Respublikasi YEOIIga aʼzo bo‘lganidan so‘ng, ro‘yxatdan o‘tish tartibi YEOIIning belgilangan qatʼiy qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech