O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“GMP amaliyotini tatbiq etishning dolzarb masalalari" mavzusida marafon tashkil qilinmoqda

10 may 2022 yil, 10:00 - 13:30 “GMP AMALIYOTINI TATBIQ ETISHNING DOLZARB MASALALARI"  MAVZUSIDA MARAFON

Manzil: Amir Temur hiyoboni, Le Grande Plaza mehmonxonasi

HURMATLI TOSHKENT SHAHAR FARMATSEVTIKA KORXONALARI RAHBARLARI VA POYTAHTIMIZ MEHMONLARI DIQQATIGA!!!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 yanvradagi PF-55-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, jumladan farmatsevtika sohasiga zarur amaliyotlarni (GXP) joriy etish maqsadida 2022 yil 10 may kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi, “Zarur amaliyotlari markazi“ DUK va “VIALEK” kompaniyalar guruhining GDP/GMP/GPP bo‘yicha xorijiy ekspertlari ishtirokida davra suhbati tarzida marafon tashkil etiladi.

Marafon ishtirokchilari "Zarur ishlab chiqarish (GMP) amaliyotini tatbiq etishning dolzarb masalalari" jarayonida yuzaga keladigan barcha muammoli masalalarga to‘liq javob olishlari mumkin bo‘ladi. Ushbu tadbir faqat mutaxassislar uchun mo‘ljallangan, birinchi navbatda vakolatli shaxslar, sifat direktorlari, shuningdek, mahalliy farmatsevtika ishlab chiqaruvchi korxona rahbarlari uchun tavsiya etiladi.

Forum dasturida VIALEK kompanipyasining  xalqaro GMP ekspertlari tomonidan quyidagi mavzulardagi  maʼruzalari o‘z ichiga oladi:

GMPni joriy etishdagi besh xato” A.V.Aleksandrov, VIALEK kompaniyalar guruhi rahbari, GDP /GMP bo‘yicha xalqaro ekspert;

Raqamli markirovkalashni amalga oshirishda sifat tizimidagi zarur o‘zgarishlar” Erkin Nazarov, VIALEK kompaniyalar guruhi hududiy bo‘limi rahbari, GDP/GMP/GPP ekspert-maslahatchisi;

Shuningdek, tibbiy mahsulotlarni raqamli markalash bo‘yicha joriy mavzu bo‘yicha amaliy tajriba natijalarini eshitish rejalashtirilgan:

“Infuzion eritmalar ishlab chiqarish liniyasida raqamli markirovkani joriy qilish tajribasi” Satish Vijauwargi, CP OOO “Serena Healthcare"MCHJ QK Bosh direktori

Dori vositalarini markirovkalash – operator fikri” Oleg Kuzmin, “CRPT Turon” MCHJ operatsion direktori;

Shuningdek, Siz O‘zbekiston nazorat qiluvchi organlar rahbariyatidan tibbiy mahsulotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash, shuningdek, ilg‘or tajribalarni (GxP) joriy etish va sertifikatlash bo‘yicha o‘zingizni qiziqtirgan savollaringizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob olish imkoniga ega, bo‘lasiz.

Marafonda ishtirok etish bepul. Ishtirok etish sertifikatini olish uchun faqat ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Tadbirda ishtirok etish uchun telegram kanali yoki www.vialek.uz sayti, shuningdek, telefon/telegram (+99893 657 17 06) orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

“GMP AMALIYOTINI TATBIQ ETISHNING DOLZARB MASALALARI"  MAVZUSIDAGI MARAFON  DASTURI

10 may 2022 yil, 10:00 - 13:30

9:00-10:00 Ishtirokchilarni qayddan o‘tkazish
10:00-10:10 Marafonni ochilishi“Zarur amaliyotlar GxP markazi” DUK direktori A.F.Dusmatovning kirish so‘zi.
10:10-10:30 "Infuzion eritmalar ishlab chiqarish liniyasida raqamli belgilarni amalga oshirish tajribasimavzusida Serena Healthcare" Qo‘shma korxonasi MCHJ Bosh direktori Satish Vijauwargi maʼruzasi.
10:30-10:45 Muhokamalar, Savol javoblar
10:45-11:15 “GMPni joriy etishdagi besh xato” mavzusida VIALEK kompaniyalari guruhi  rahbari, GDP/GMP bo‘yicha xalqaro ekspert A. V. Aleksandrov maʼruzasi
11:15-11:30  Muhokamalar, Savol javoblar
11:30-12:00 Kofe-breyk

12:00-12:20 “Dori vositalarini markirovkalash – operator fikri” CRPT Turon MCHJ operatsion direktori Oleg Kuzmin maʼruzasi
12:20 -12:40  Muhokamalar, Savol javoblar
12:40 - 13:00 “Raqamli markirovkalashni joriy qilishda sifat tizimidagi zaruriy o‘zgarishlar” mavzusida VIALEK kompaniyalari guruhi mintaqaviy bo‘linmasi rahbari, GDP/GMP bo‘yicha ekspert-maslahatchi Erkin Nazarov maʼruzasi
13:00-13:15  Muhokamalar, Savol javoblar
13:15-13:30 Yakuniy so‘z “Zarur amaliyotlar GxP markazi” DUK direktori A.F.Dusmatov

MARAFONNI YOPILISHI

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech