O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Matbuot kotiblarining 2021 yil birinchi chorakdagi faoliyati baholandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sh.Asadov raisligida 2021 yilning 7 va 19 aprel kunlari bo‘lib o‘tgan majlislarda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan joriy yilning 11 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori A.Xodjayev raisligida yig‘ilish o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda joriy yilning birinchi choragida matbuot kotiblari faoliyati samaradorligini baholash natijalari eʼlon qilindi.

Unga ko‘ra, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati rahbari Qizlarxon Begmatovaning faoliyati Respublikamizning 11 Agentligi matbuot kotiblari orasida 87 ball bilan yuqori darajada baholandi.

Shuningdek, 2021 yil 1-chorakdagi faoliyati samaradorligi natijalariga ko‘ra, yuqori baholangan matbuot kotiblarini moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga ko‘rsatmalar kiritildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech