O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Maxsus komissiya koronavirusga qarshi kurashda erishilayotgan natijalardan kelib chiqib, karantinni yana-da yumshatishga qaror qildi

➖ 4 sentyabr, juma kunidan boshlab jamoaviy ibodatlarga, xususan juma namozlarini masjidda o‘qishga ruxsat berildi.

➖ Barcha turdagi xalqaro qatnovlar (avia, temir yo‘l va avtomobil) bosqichma-bosqich tiklana boshlaydi.

✅ 5 sentyabrdan boshlab:

➖ yo‘nalishli taksilar – “marshrutkalar” qatnovi tiklanadi (“Damas”lardan tashqari);
➖ teatr va kinoteatrlar faoliyati qayta yo‘lga qo‘yiladi;
➖ parklarda attraksionlar ochiladi;
➖ umumiy ovqatlanish obyektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) yopiq binolarda ham faoliyat yuritishi mumkin bo‘ladi; banketlarga ruxsat berilmaydi, to‘yxonalar yopiq qoladi.

Qirg‘iziston bilan chegara ochilib, bu mamlakatga borib kelishning yangi tartibi joriy etiladi.

❗️ Kelgusida ham jamoat joylarida ijtimoiy masofa saqlash va tibbiy niqob taqish, isitmasi bor odamlarning jamoat joylariga bormasligi, keksalarning o‘z-o‘zini yakkalashi kabi talablar amalda saqlanib qoladi.

❌ Quyidagilar taqiqlanadi: 30dan ortiq kishi ishtirokidagi to‘ylar, ommaviy tadbirlar va davlat tashkilotlarida yig‘ilishlar o‘tkazish; tungi klublar, massaj, karaoke, bilyard, kalyan, kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyati.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech