O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Maxsus komissiya qarori

Sogʼliqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligining taklifiga binoan respublika maxsus komissiyasi qaroriga koʼra, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 iyuldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar muomalasini tartibga solishga doir chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 449-son qaroriga muvofiq 2021 yil 1 martga qadar tuzilgan shartnomalar asosida Oʼzbekiston Respublikasiga import qilingan, respublikaning bojxona omborlarida saqlanayotgan (dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika) mahsulotlarni bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish va realizatsiya qilishga ruxsat berildi.

Bunda import shartnoma yoki qoʼshimcha bitimlar (kontrakt) 2021 yil 1 martga qadar Oʼzbekiston Respublikasining Interaktiv davlat xizmatlari yagona portali orqali Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida roʼyxatdan oʼtganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma taqdim etilishi lozim.

Eslatib oʼtamiz,  Vazirlar Mahkamasining 449-son qaroriga muvofiq tasdiqlangan roʼyxatdagi COVID-19 infektsiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qoʼllaniladigan  tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar, dori vositalari hamda ularni ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan dori moddalari (substantsiyalar) 2021 yil 1 martga qadar boʼlgan muddatda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish va realizatsiya qilinishiga ruxsat berilgan edi.

Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech