O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Men dorixonada yaqinda ish boshlagan edim. Retsept bilan beriladigan dori vositalari haqida qayerdan maʼlumot olsam bo‘ladi?

Men dorixonada yaqinda ish boshlagan edim. Retsept bilan beriladigan dori vositalari haqida qayerdan maʼlumot olsam bo‘ladi? Retsept bilan beriladigan dorilarni retseptiz sotish mumkin emasmi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 4 yanvarda tasdiqlangan "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida"gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatini yiliga kamida bir marta tasdiqlaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2019 yil 12 noyabrdagi 96-son buyrug‘i bilan "Retseptsiz beriladigan dori vositalari" ro‘yxati (ro‘yxat raqami 3200-son 06.12.2019) tasdiqlangan.

Mazkur ro‘yxat 1224 pozitsiyadan iborat bo‘lib, ulardan:

▪️ Monopreparatlar - 192 ta
▪️ Majmuaviy preparatlar - 1032 ta

Izoh: O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan va dorixonalardan shifokor retseptisiz beriladigan dori vositalariga ushbu ro‘yxatga kiritilgan dori vositalarining xuddi shu tarkibdagi taʼsir qiluvchi moddalari va dori shakliga, dozasiga ega bo‘lgan dori vositalari ham kiradi.

Shuningdek, dori vositalarining o‘ramlari, tibbiyotda qo‘llanishiga doir yo‘riqnomalari, ilova-varaqalarida ko‘rsatilgan dori vositalarini berishda, berish tartibidan qatʼi nazar, ushbu ro‘yxatga amal qilinishi kerak.

Eslatib o‘taman, tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzganlik uchun qonunchiligimizda maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

Bulardan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 12 maydagi 284-son qarori bilan tasdiqlangan “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida"gi nizomning 49-bandiga ko‘ra:

Muntazam ravishda (bir yil davomida ikki va undan ortiq marta) retsept asosida beriladigan hamda elektron tijorat orqali dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish tartibining buzilishi litsenziyaning amal qilishi belgilangan tartibda to‘xtatilishiga olib keladigan, litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanadi!

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech