O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Men ijtimoiy dorixona ochmoqchi edim. Lekin davlat shifoxonasi hududida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy dorixona mavjud. Katta poliklinika va shifoxona uchun bitta dorixona kam emasmi?

Ijtimoiy dorixona — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan, jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 10 mayda tasdiqlangan «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi 537-son Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi №334-son qarori bilan tasdiqlangan "Ijtimoiy dorixona faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida" nizomga muvofiq tashkil etiladi.

Ijtimoiy dorixonalar dislokatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi №334-son qarori bilan tasdiqlangan "Ijtimoiy dorixona faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida" nizomga muvofiq quyidagilar ijtimoiy dorixonalar joylashishining asosiy omillari hisoblanadi:

➖ viloyat, tuman, shaharning maʼmuriy-hududiy tuzilishi;
➖ hududning geografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari;
➖ shahar, tuman va qishloq aholi punktlaridagi aholining soni;
➖ ambulatoriya poliklinikalarida tibbiy xizmatni tashkil etish darajasi;
➖ ijtimoiy dorixonalarning xizmat ko‘rsatish radiusi (ijtimoiy dorixonalarni tavsiya etilgan xizmat ko‘rsatish radiusi aholi sonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi, shaharlarda 2-3 km, qishloq hududida 5 — 10 kmdan ko‘p bo‘lmagan masofada).

Ijtimoiy dorixonalar viloyat, tuman markazlarida, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlarida joylashtirilishi lozim.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech