O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“Menovazin” mahsulotini sifatsizligi haqida tarqalgan video yuzasidan rasmiy munosabat

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahridagi dorixonadan “Menovazin” mahsulotini xarid qilgan fuqaro uning sifatidan norozi ekanligi bildirilgan video tarqaldi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi olib borgan o‘rganish natijasiga ko‘ra, videoda sifatsizligi aytilayotgan mahsulot "SARA FARM-25" xususiy korxonasi tomonidan noqonuniy yo‘llar bilan ishlab chiqarilganligi va mazkur korxonaning dori vositalarini ishlab chiqarish huquqiga ega bo‘lgan litsenziatlar reyestrida mavjud emasligi aniqlandi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan videodagi “Menovazin” mahsuloti noqonuniy ishlab chiqarilganligini Respublika xududida faoliyat yuritayotgan dorixonalar eʼtiboriga yetkazib, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, sifatsiz, qalbakilashtirilgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini saqlash va (yoki) realizatsiya qilishga yo‘l qo‘ymaslikliklari, ushbu holatlar litsenziyaning amal qilishi belgilangan tartibda to‘xtatilishiga olib keladigan, litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzilishi holatlari ekanligi haqida ogohlantiradi.

Shu o‘rinda, “SARA FARM-25” korxonasining noqonuniy faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga murojaatnoma yuborilganligi hamda belgilangan talablarga nomuvofiq ishlab chiqarilgan “Menovazin” mahsulotini sotgan dorixona vakolatli organ tomonidan nazoratga olinganligini maʼlum qilamiz.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech