O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Sogʼliqni saqlash vazirligi: MАHАLLIY KORXONАLАR TOMONIDАN 2 500 NOMDАGI DORI VOSITАLАRI IShLАB ChIQАRILMOQDА

Sogʼliqni saqlash vazirligi: MАHАLLIY KORXONАLАR TOMONIDАN 2 500 NOMDАGI DORI VOSITАLАRI IShLАB ChIQАRILMOQDА

Oʼzbekiston Milliy matbuot markazida Sogʼliqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida qayd etilishicha, hozirda respublika farmatsevtika bozorida 4685 ta savdo nomidagi xorijiy dori vositalari, 1812 savdo nomidagi MDH mamlakatlari ishlab chiqaruvchilari dori vositalari, 2500 savdo nomidagi mahalliy ishlab chiqaruvchilar dori vositalari, 530 nomdagi substantsiyalar, 1696 savdo nomidagi tibbiy buyumlar hamda 1567 tibbiy texnika muomalada aylanmoqda.

Shuningdek, yurtimizda oʼsadigan dorivor oʼsimliklardan dori vositalari tayyorlashga ham katta ahamiyat berilayapti. Dorivor oʼsimliklar plantatsiyalarini rivojlantirish maqsadida 11450 ga yer maydoniga dorivor oʼsimliklar ekilgan, shu jumladan, Qoraqalpogʼiston Respublikasida 8127 ga yer maydonida qizilmiya ildizi plantatsiyalari tashkil etilgan. Dorivor oʼsimliklar xomashyosi va qayta ishlangan mahsulotlar qator davlatlarga eksport qilinmoqda. Jumladan, oʼtgan yilda respublika boʼyicha 6300 tonna xomashyo va 5700 tonna qayta ishlangan tayyor yoki yarim tayyor mahsulotlar eksport qilingan. 

Аnjumanda Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi tomonidan Oʼzbekiston Davlat farmakopeyasi ishlab chiqish yuzasidan ham ish olib borilayotgani ham aytib oʼtildi. Аhamiyatli jihati, respublikada farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʼullanuvchi 162 ta korxonadan 51 tasida (31 foiz) xalqaro va milliy standartlar joriy qilingan. Jumladan, 40 ta korxonada ISO 9001 xalqaro standarti, 10 ta korxonada Oʼzbekiston davlat standarti va 1 ta korxonada xalqaro “GMP – Yaxshi ishlab chiqarish amaliyoti” standarti joriy qilingan boʼlib, muvofiqlik sertifikatlariga ega. 

Farmatsevtika tarmogʼi korxonalarining asbob-uskunalarini modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlashga koʼmaklashish, chet el investitsiyalarini, shu jumladan, xorijiy va xalqaro moliya institutlari mablagʼlarini keng jalb qilishga alohida eʼtibor qaratilgan. Dori vositalarining substantsiyalari va tayyor dori vositalarini ishlab chiqarish boʼyicha hozirda 5 ta korxonada 13,2 mln. АQSh dollariga teng investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Sogʼliqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boʼlimi
Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish Аgentligi matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech