O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Mirmuxammad Mirkomilovich Mirbadalov 63 yoshida vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasida Farminspeksiya yetakchi mutaxassisi bo‘lib ishlagan Mirmuxammad Mirkomilovich Mirbadalov 63 yoshida vafot etdi.

M.Mirbadalov 1958 yil 4 mart kuni Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 1980 yilda Toshkent farmatsevtika institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumani, Markaziy dorixonasida provizor-texnolog lavozimida boshlab, keyinchalik qator muassasalarida turli lavozimlarda ishlagan. Jumladan, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridagi 142-son dorixona mudiri, Frunze tumanidagi 35-son dorixona mudiri, Qo‘qon shaxridagi 193-son dorixona mudiri, “Mirziyod” xususiy firmasi rahbari, «Farg‘ona Dori-darmon» AJda bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.

2004-2017 yillarda Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi Farminspeksiyada yetakchi mutaxassisi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan. Ushbu davr mobaynida M.Mirbadalov Farg‘ona viloyatida kuratori sifatida dorixonalar ishini tashkil qilish va farmatsevtika sohasida qabul qilingan Hukumat qarorlarini amalda tatbiq qilish bo‘yicha samarali ishlar olib borgan. So‘nggi yillarda O‘zbekiston farmatsevtlar assotsiatsiyasi Farg‘ona viloyat bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi sohaning yetuk mutaxassisi, o‘ziga berilgan vazifalarni puxta bajarishi bilan yoshlarga o‘rnak bo‘lgan Mirmuxammad Mirkomilovich Mirbadalovning vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech