O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Mirobod va Uchtepa tumanlarida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini muomalaga kiritayotgan dorixonalar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan DXXning Toshkent shahar boshqarmasi bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “M.F.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi G.K. xaridor A.ga 2 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositasini 50 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan 197 dona “Regapen”, 40 dona “Tropikamid” va 4 dona “Zardeks” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “F.J.” MCHJga qarashli dorixona sotuvchisi M.S va MCHJ rahbari X.X.lar xaridor G.ga shifokor retseptisiz 1 dona “Tropikamid” va 3 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini 195 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, tadbir davomida ushbu dorixonadan 1 900 dona “Karbamazepin”, 92 dona “Regapen” va 14 dona “Tropikamid” nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish 
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech