O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Misrning ACDIMA kompaniyasi delegatsiyasi Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi vakillari bilan uchrashdi

Misr davlatining ACDIMA kompaniyasi rahbari Olfat G'orab boshchiligidagi delegatsiya yurtimizga tashrif buyurib, O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi vakillari bilan uchrashdi.
Unda xususan:
O'zbekistonda dori vositalarini targ'ib qilish va tarqatish bo'yicha, keyinchalik shartnoma asosida ishlab chiqarishni tashkil etish, shuningdek, qo'shni davlatlar ehtiyojini qondirish maqsadida hamkorni izlash va aniqlash.
ACDIMAning O'zbekiston bilan rejalashtirayotgan hamkorlik strategiyasi bosqichlari:
Asosiy import qilinadigan dori vositalarini Misrdan eksport qilish;
Substantsiyalarni «In-bulk» tarzda olib kirib, O'zbekistondagi hamkor bilan ikkilamchi qadoqlash;
Texnologiya transferi, «know-how» ko'rinishida investitsiya kiritish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv so'ngida ACDIMA taklif qilingan mahsulotlar ro'yxatini tahlil qilishga, "Nika Pharma" Misr tomonining O'zbekistonga eksport qilmoqchi bo'lgan mahsulotlarini ro'yxatini o'rganib chiqishga kelishib olindi.
So'ng, delegatsiya a'zolari «Dori-Darmon» AK binosida boshqaruv raisi Umida Solihboeva bilan muzokaralar o'tkazdi.
“Dori-darmon” bilan hamkorlikda ACDIMA tomonidan taqdim etilgan dori vositalarini ro'yxatini o'rganib chiqib, marketing tadqiqotlarini o'tkazish bo'yicha mulohazalar bildirildi.

Shundan so'ng agentlik vakillari va ACDIMA delegatsiyasi «Parkent-Farm» farmatsevtika erkin iqtisodiy zonasida joylashgan “Zuma Pharma” korxonasiga tashrif buyurdi va korxona rahbariyati bilan uchrashdi.

Tashrif davomida delegatsiya vakillari korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari bilan yaqindan tanishdi. ACDIMA guruhi tarkibidagi "MUP" kompaniyasi rahbari Ahmad Lela “Zuma Pharma” korxonasi bilan hamkorlikda shartnoma asosida insulin dori mahsulotlarini ishlab chiqarishga qiziqishi borligini ta'kidlab o'tdi.

Uchrashuvning ikkinchi kunida agentlik vakillari hamda ACDIMA delegatsiyasi yuqumli kasalliklarga qarshi mono va polivalent bakteriofaglar, biotexnologik mahsulotlar ishlab chiqaruvchi «Aziya Immunopreparat» MCHJ rahbariyati bilan uchrashuvda ishtirok etdi va ishlab chiqarish quvvati bilan tanishib chiqishdi. Muzokaralar davomida «Aziya Immunopreparat» MCHJ va ACDIMA o'rtasida hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Shundan so'ng “Nika Pharm” bilan agentlik vakillari, ACDIMA delegatsiyasi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuv so'ngida ACDIMA taklif qilingan mahsulotlar ro'yxatini tahlil qilib chiqishga, “Nika Pharm” Misr tomonining O'zbekistonga eksport qilmoqchi bo'lgan mahsulotlar ro'yxatini o'rganib chiqishga kelishib olishdi .Kunning ikkinchi yarmida "Nobel Pharmsanoat" binosida korxona vakillari va ACDIMA delegatsiyasi o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Muzokaralar davomida har ikki tomon o'z kompaniyalari to'g'risida batafsil ma'lumot berishdi. "Nobel Pharmsanoat" vakillari ACDIMA mahsulotlarini shartnoma asosida ishlab chiqarishga tayyorliklarini ma'lum qilishdi.

Bundan tashqari, ACDIMA vakillari Sog'liqni saqlash vazirligi va Farmatsevtika mahsulotlari xavsizligi markazi vakillari bilan uchrashuvda ishtirok etdi. Uchrashuvda SSV vakillari ACDIMA tomonidan taklif qilingan hamkorlik takliflarini o'rganib chiqishga va doimiy aloqada bo'lishga, o'z vakoliyati doirasida yordam ko'rsatishga tayyorligini ma'lum qilishdi.

Tashrif doirasida ACDIMA delegatsiyasi farmatsevtika mahsulotlari distribyutor kompaniyalar bo'yicha O'zbekistondagi eng yirik korxonalardan biri — «Meros Pharm» rahbariyati bilan uchrashdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o'z takliflarini taqdim etishdi va takliflar o'rganib chiqilishi bilan hamkorlikning keyingi bosqichlariga o'tishga kelishib olindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech