O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Moskva shahrida 12-farmatsevtika forumi bo'lib o'tmoqda

Joriy yilning 2-4 mart kunlari Moskvada YEOII, Markaziy Osiyo va Sharqiy sheriklik 12-farmatsevtika forumi bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.

Farmatsevtika sohasi ishlab chiqaruvchilari, distribyutorlik kompaniyalari, dorixonalar tarmoqlari - shuningdek, sohaning eng dolzarb muammolari va tarmoq rivojlanish tendensiyalarini muhokama qilishga imkon beruvchi mazkur forum bugun o‘z ishini boshladi.

Taʼkidlash joiz, ushbu tadbirda doirasida O‘zbekiston farmatsevtikasi mavzusida alohida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, mamlakatimizdan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Akbarov, Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazining Narkotiklar nazorati qo‘mitasi raisi Ismatjon Azizov, Fan va taʼlimni rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i Aziz Dusmatov, Axborot-tahlil boshqarmasi boshlig‘i Muhabbat Ibragimova, Xorijiy farmatsevtika kompaniyalari va ishlab chiqaruvchilarining O‘zbekistondagi vakolatxonalari assotsiatsiyasi direktori Muhabbat Asqarovalar ishtirok etishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Adam Smit instituti tashabbusi bilan Moskva shahrida bo‘lib o‘tayotgan 12-Yevroosiyo farmatsevtika forumi karantin cheklovlari yumashitilganligi va vaziyat barqarorlashgani munosabati bilan oflayn rejimda o‘tkazilmoqda.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech