O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Mutaxassis tavsiyasi: Selen – saratonga qarshi kurashuvchi va yurakni himoya qiluvchi mineral

Xitoy provinsiyalaridan birida aholining saraton kasalligiga chalinish ko‘rsatkichlari ikkinchisinikiga qaraganda past ekanining sabablari o‘rganildi. Tadqiqotlar natijalari, saraton kasali bilan og‘riydiganlar kam bo‘lgan provinsiyaning aholisi taom ratsionidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari o‘rin olganini va bu yerning tuprog‘i selen mikroelementiga boy ekanini ko‘rsatdi.

Koronavirus pandemiyasi bu mikroelementga eʼtibor kuchayishiga sabab bo‘ldi. Zero, qonda selen va ruh miqdori qanchalik past bo‘lsa, mazkur xastalikning shunchalik qiyin o‘tishi aniqlandi. Selen aynan ruh bilan birgalikda o‘pkani himoya qilib, yallig‘lanish reaksiyasi kuchining kamayishiga xizmat qiladi.

Selen C, Mg vitaminlari hamda V guruhi vitaminlari bilan birga eng tanqis elementlar qatoriga kiradi.

Selen yana nimaga kerak?

1. Immunitetni oshiradi;
2. Qalqonsimon bez ishini yaxshilaydi (yod almashinuvini normallashtiradi);
3. Ferment va gormonlar ishlab chiqarilishiga yordam beradi;
4. Insult, infarkt va artritning oldini oladi;
5. Organizmning og‘ir metallar – qo‘rg‘oshin va simobdan halos bo‘lishiga ko‘maklashadi;
6. Saratonning bir necha turi bilan kasallanish va bu xastalikdan halok bo‘lish holatlarini kamaytiradi. Xususan, prostata saratoniga chalinish ehtimolini – 50% ga, o‘pka saratoni bilan og‘rish ehtimolini – 30% ga pasaytiradi;
7. Xolesterin miqdorini pasaytiradi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech