O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Namangan viloyatida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi eʼtirof etildi

Joriy yil 26-27 may kunlari Namangan shahrida o‘tkazilgan "Hududiy tarmoqlaro sanoat yarmarkasi"da munosib ishtiroki va faolligi uchun Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev tadbir tashkilotchilari tomonidan taqdirlandi.

Mazkur tashakkurnomani Namangan viloyat farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi rahbari Ulug‘bek Umarov qabul qilib oldi.

Eslatib o‘tamiz, 2 kun davomida bo‘lib o‘tgan "Hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi"da respublikamizning 190dan ortiq tarmoq va hududiy sanoat korxonalari, tadbirkorlik subyektlari o‘z mahsulotlari, xizmat turlaridan iborat ko‘rgazmalari bilan ishtirok etishdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech