O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Namanganda Farmatsevtika sohasiga oid Prezident va hukumat qarorlarining ijrosi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Shu kunlarda Namangan viloyatining Pop tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ-4554-sonli qarori,  2016 yil 31 oktyabrdagi “Aholini dori-darmon va tibbiy buyumlar bilan taʼminlashni yana-da yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-2647-sonli qarori talablari va ularning ijrosi, shuningdek Vazirlar Maxkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish xaqida 185-sonli qarorining 1-va 2-ilovalari Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni ulgurji va chakana realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablariga rioya qilinishi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.  

Unda soha mutaxassilari va Pop tumanida faoliyat yuritayotgan chakana savdo bilan shugullanuvchi xususiy dorixona mudirlari ishtirok etdilar va sohada mavjud muammo va kamchiliklarni muhokama etdilar.

Yig‘ilishda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Namangan viloyat hududiy bo‘limi bosh mutaxassisi Mahmud Qamchinboyev so‘zga chiqib, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan olib borilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati borasida to‘xtaldi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 12 maydagi №284-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilishni litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi hamda “Farmatsevtika faoliyatini  litsenziyalash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomlarga asosan muntazam ravishda dori vositalari va tibbiy buyumlarga narx belgilash tartibining buzilishi litsenziyaning amal qilishi belgilangan tartibda to‘xtatilishiga olib keladigan, litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzilishi hisoblanishini va Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori tomonidan chiqarilgan buyruqlarni amalda qo‘llanilishi yuzasidan qatʼiy choralar belgilanganini eslatib o‘tdi.

Yig‘ilish so‘ngida, Pop tumanida tayyor dori vositalari va tibbiy buyumlar chakana savdosi bilan shug‘ullanayotgan mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar dorixona shahobcha mudirlariga berilgan tushunchalar va topshiriqlarni zudlik bilan bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech