O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Namanganda retsept bilan beriladigan dori vositalarini dorixonada berish tartibi xususida yig‘ilish o‘tkazildi

Joriy yilning 13 avgust sanasida Namangan viloyat Yangi Namangan tumanida joylashgan 2-Tibbiyot kollejining katta majlislar zalida Namangan viloyat farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish bo‘linmasi tashabbusi bilan yig‘ilish tashkil etildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Namangan viloyat bo‘linmasi boshlig‘i Ulug‘bek Umarov raislik qilgan mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuratura huzuridagi IJQK Departamenti viloyat boshqarmasi masʼul xodimlari Elbek Xakimov, Aʼzam Tadjibayev, Viloyat Davlat soliq boshqarmasi masʼul xodimi Orifjon Abdullayev, Viloyat monopoliyaga qarshi kurashish boshqarmasining savdo bo‘limi boshlig‘i Abdusamat Tadjibayev, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Namangan viloyat bo‘linmasi bosh mutaxassisi Maxmud Qamchinboyev va Namangan “Dori-Darmon” AJ boshqaruv rais o‘rinbosari Rustamjon Tuychiyev, shuningdek Namangan viloyat “Dori-Darmon” AJ tizimidagi dorixonalarning mudirlari hamda viloyatda faoliyat yuritayotgan xususiy dorixona vakillari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda viloyatda aholining arzon va sifatli dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlanganlik darajasini yana-da oshirish, ularning narxini belgilash bo‘yicha o‘rnatilgan tartibni buzish faktlarini profilaktika qilish va oldini olish taʼkidlandi.

Shu bilan birga farmatsevtika faoliyatining alohida turlarini litsenziyalash tartibini takomillashtirish maqsadida qabul qilingan Hukumat qarorlarining mazmun mohiyati hamda tibbiyot tashkilotlarida dori vositalarini tayinlash, xalqaro patentlanmagan nomlanishi bo‘yicha retseptlarni rasmiylashtirish hamda bemorning dori vositalarini qabul qilish, saqlash va qo‘llash tartibi to‘g‘risida yig‘ilish qatnashchilariga atroflicha tushuntirish berildi.  

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech