O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Navbatdagi mahalliy farmatsevtika korxonalariga “GMP”, “GDP” sertifikatlari topshirildi

Xabaringiz bor, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Zarur amaliyotlar markazi tomonidan фармацевтика tarmog‘ida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlarda Zarur amaliyotlar (GxP) talablari yuzasidan o‘tkazilgan farmatsevtik inspeksiya natijalariga ko‘ra Zarur amaliyotlar sertifikati (GxP) tantanali ravishda taqdim qilib kelinmoqda.

Joriy yilning 29 aprel sanasida Agenlikda ana shunday tantanali tadbirlardan yana biri bo‘lib o‘tdi. Unda “Mediofarm” MCHJ, “Radiks” MCHJga GMP sertifikatlari, “Profi pharm service” MCHJ, “Baraka dori farm” MCHJ XK, “Serene pharma” MCHJga GDP сертификатлари topshirildi.

Maʼlumot uchun mazkur sertifikatlar taqdim etilgandan so‘ng ishchi organ tomonidan taqdim etilgan sertifikatning amal qilish muddatini tasdiqlash maqsadida yiliga kamida bir marotaba Zarur amaliyotlar (GxP) talablari bo‘yicha inspeksiya nazorati o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 yanvardagi PF-55-son Farmoniga asosan, 2022 yil 1 apreldan фармацевтика sohasida yangi ishlab chiqaruvchi korxonalar, ulgurji va chakana savdo tashkilotlari mos ravishda «Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)», «Zarur distribyutorlik amaliyoti (GDP)» va «Zarur фармацевтика (dorixona) amaliyoti (GPP)» talablariga muvofiq ravishda tashkil etilishi belgilangan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech