O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Navoiylik tadbirkor Xitoydan 523 dona kislorod konsentratori olib keldi

Bojxona organlari tomonidan ham mazkur islohotlarning mantiqiy davomi sifatida eksport-import operatsiyalarini jadallashtirish, bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini maksimal darajada soddalashtirish, karantin talablariga to‘liq rioya etgan xolda bojxona nazoratini tez fursatlarda amalga oshirish maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Navoiy viloyatida joylashgan maʼsuliyati cheklangan jamiyat tomonidan Xitoy davlatidan umumiy qiymati qariyb 90 ming AQSH dollariga teng bo‘lgan 523 dona kislorod konsentratorlari,  22 000 dona maxsus ximoya niqoblari, 520 dona xarorat o‘lchash va 3 000 dona qon bosimini o‘lchash qurilmalari olib kelindi. Bu haqda Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan mazkur tovarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5978-sonli farmoni hamda qonunchilikda belgilangan boshqa normalarga asosan bojxona to‘lovlaridan imtiyozlar qo‘llanilib, soddalashtirilgan tartibda qisqa vaqt mobaynida bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazildi va tadbirkor ixtiyoriga topshirildi.

Ushbu tovarlarga nisbatan bojxona to‘lovlaridan joriy etilgan imtiyozlardan to‘liq foydalanish orqali to‘lanishi lozim bo‘lganidan 8 barobar kam bojxona to‘lovlarini to‘ladik. Yaratilayotgan imkoniyatlardan mamnunmiz. Shuning uchun ham yana 2 ta partiyada tibbiy jihozlarni sotib oldik va tez orada olib kelib, aholiga yetkazib beramiz.” deydi korxona rahbari.

Darhaqiqat, inson salomatligini muhofazalashda zamonaviy tibbiy yordam bilan bir qatorda, aholi va tibbiyot muassasalarini sifatli dori-darmon va tibbiy jihozlar bilan taʼminlash ham muhim omil hisoblanadi. Mamlakatimizda jadallik bilan amalga oshirilayotgan tibbiy-ijtimoiy islohotlarning bugungi bosqichida bu boradagi vazifalar ijrosiga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Buning isbotini esa bojxona to‘lovlaridan berilayotgan imtiyozlar hamda bojxona rasmiylashtiruvidagi protseduralarni soddalashtirish orqali aholiga arzon va sifatli mahsulotlarni o‘z vaqtida yetib borishiga erishilayotganida ko‘rishimiz mumkin.

Bugun pandemiya sharoitida har bir kasb egasi o‘z fidoyiligini namoyon etishi zarur. Zero xalqimiz salomatligi biz uchun eng katta boylik hisoblanadi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech