O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

McKinsey & Company xalqaro konsalting kompaniyasi bilan muzokaralar olib borildi

Joriy yilning 6 iyul kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi hamda “Asaka” aksiyadorlik tijorat banki vakillari McKinsey & Company xalqaro konsalting kompaniyasi bilan muzokaralar olib borildi. Uchrashuvda kompaniya vakillari o‘z kompaniyasi faoliyati va hamkorlik istiqbollari haqida ma’lumot berishdi. Bundan tashqari, farmatsevtika sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlashga oid masalalar muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida tomonlar minnatdorchilik bildirib, hamkorlik va munosabatlarni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech