O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Nima uchun yaroqlilik muddati oʻtib qolgan dorini ichish mumkin emas? Mutaxassis javob berdi

Yaroqlilik muddati oʻtib qolgan dori vositalarini qabul qilish shifokorlar tomonidan mutlaqo taqiqlangan. Qadoqdagi yaroqlilik muddati uzoq oʻrganishlar natijasida aniqlanadi va unga amal qilish shart hisoblanadi.

“Dorilar qoʻllanmasida ularning xususiyatlari, nojoʻya taʼsirlari haqida yozib qoʻyiladi, ishlab chiqaruvchi bemorlarni bu haqida avvaldan ogohlantiradi. Agar dori vositasini qabul qilayotgan odamda avval maʼlum boʻlmagan biror nojoʻya taʼsir kuzatilsa ham, ishlab chiquvchi javobgarlikka tortiladi”, deydi mutaxassislar.

Ekspertlar dorilarning nafaqat yaroqlilik muddati, balki saqlash qoidalariga ham amal qilishni tavsiya etadilar. Dorilarni kerakli harorat, yorugʻlik darajasi taʼminlangan joyda saqlash shart.

Dorining yaroqlilik muddati tugaganidan keyin ishlab chiqaruvchi dori sifati uchun javobgar hisoblanmaydi. Dori vositasi oʻz xususiyatlarini yoʻqotishi va xavfli reaksiyalarga sabab boʻlishi mumkin. Bunday dori vositasini qabul qilish salomatlikni xavf ostida qoldirish bilan barobar boʻladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati 

 

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech