O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“NOVO FARM KOMPLEKT” MCHJ litsenziyasining amal qilishi 3 oy muddatga to‘xtatib qo‘yildi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda Navoiy viloyatida joylashgan “NOVO FARM KOMPLEKT" MCHJ farmatsevtika mahsulotini ishlab chiqarish korxonasida aniqlangan litsenziya talab va shartlarini buzilish holatlari bo‘yicha unga dori vositalarini ishlab chiqarish uchun uchun berilgan 2016 yil 30 sentyabrdagi 13644 ro‘yxat raqamli raqamli litsenziyaning amal qilishini 3 oy muddatga to‘xtatib qo‘yishni so‘rab Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritilgan daʼvo ariza sudning 2021 yil 5 avgustdagi 4-1001-2122/24254-sonli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi va “NOVO FARM KOMPLEKT” MCHJga farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishi 3 oy muddatga to‘xtatib qo‘yildi.

Shu bilan birga, Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi barcha farmatsevtik litsenziatlarni farmatsevtika faoliyatini amalga oshirishda litsenziya talab va shartlarini buzilishiga yo‘l qo‘ymasliklari to‘g‘risida yana bir bor ogohlantiradi.

Litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech