O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

"NOVUGEN PHARMA" MCHJ korxonasi yiliga 770 ming dona dori vositalari ishlab chiqaradi

Sirdaryo tumani hokimligi Axborot xizmatining xabar berishicha, Sidaryo tumani Investitsiya va tashqi savdo bo‘limi boshlig‘i Sardor Davlyatov tomonidan "NOVUGEN PHARMA" MCHJ faoliyati o‘rganildi.

Bugungi kunda tumandagi qator investitsiya loyihalari qatori "NOVUGEN PHARMA" MCHJ korxonasi ham o‘z faoliyatini boshlagan. Korxonaning loyiha qiymati 5 mln dollarni tashkil qiladi. Uskunalar Xitoy davlatidan olib keligan bo‘lib, korxonada yiliga 770 ming dona dori vositalari ishlab chiqarish quvvatiga ega. 100 ta ish o‘rni yaratilgan.

Mahsulot eksporti uchun Qirg‘iston va Tojikiston respublikalari bilan shartnomalar tuzilgan.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech