O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Nurofshondagi “Degantepa” da “ROSSA” korxonasi tibbiy laboratoriya anjomlari ishlab chiqarishga shay

Axborot va kommunikatsiyalar agentligi va Toshkent viloyati xokimligi xamkorligida jurnalist va blogerlar uchun Toshkent viloyati Nurafshon shahrida joylashgan “ROSSA” korxonasiga press-tur tashkil qilindi.

Aytish joiz, Toshkent viloyatida o‘tgan yilning yanvar-noyabr oylarida umumiy qiymati 4025,1 milliard so‘mga teng bo‘lgan 636 ta investitsiya loyihasi ishga tushirildi. 13 ming 334 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Yil yakuniga qadar barcha dasturlar va qo‘shimcha loyihalar hisobiga jami 983 ta loyiha ishga tushirilishi natijasida 15,1 trillion so‘mlik investitsiya mablag‘lari o‘zlashtirilib, yangi ishlab chiqarish quvvatlari ishga tushiriladi. Buning natijasida 24,8 ming nafardan ziyod yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi ko‘zda tutilayapti.

Nurafshon shahrining “Degantepa” mahalla fuqarolar yig‘inidagi “ROSSA” korxonasi tibbiy laboratoriya anjomlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Mamlakatimizda tibbiyot sohasini rivojlantirish, sifatli tibbiy laboratoriya anjomlari va mahsulotlarni o‘zimizda ishlab chiqarishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, ushbu yo‘nalish bo‘yicha shug‘ullanish istagida bo‘lgan tadbirkorlarga imkoniyat va imtiyozlar joriy etilayotgani hamda ko‘plab investitsiya loyihalarining ishga tushirilayotgani o‘z samarasini berayotir.

Bugungi kunda korxonada 28,6 ming PSR test ishlab chiqarilmoqda. Korxona to‘liq quvvat ishga tushirilsa, yiliga 120 ming dona tayyor mahsulot ishlab chiqariladi.

Korxonaga zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish maqsadida ishlab chiqarishda foydalaniladigan zarur jihozlar va asbob-uskunalar Yevropa, Xitoy va Rossiya davlatlaridan olib kelingan. Korxonada hozir 100 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasini zamon talablari darajasida rivojlantirish vazifasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Shu asosda birlamchi tibbiyot muassasalari, ayniqsa, qishloq vrachlik punktlari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, tez tibbiy yordam tizimi faoliyatini, shuningdek, aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan taʼminlash ishlarini yaxshilash, pirovardida xalqimizning tibbiy xizmatdan rozi bo‘lishiga erishish borasida keng ko‘lamli saʼy-harakatlar olib borilmoqda.

Hududda amalga oshirilayotgan bu kabi yangi loyihalar katta valyuta mablag‘lari evaziga import qilinayotgan tibbiy uskunalar o‘rnini to‘ldirish, ichki bozorni arzon va yuqori sifatli jihozlar bilan taʼminlashga xizmat qiladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech