O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“Obecalp” xapdorisi, o‘zida yo‘q kasalliklarni o‘ylab topganlar uchun qo‘llaniladi(mi)?

Amerikalik shifokorlar bir oz mazasi qochganida bolalarga “Obecalp” deya ataluvchi chaynaladigan shirin hapdorilarni buyurishar ekan. Dori deb atayotganimizning faol moddasi esa – oddiy shakar (glyukoza)dan iborat.

Shakardan tarkib topgan “Obecalp” dori vositasining davolovchi effekti qanday ekanini bilish uchun uning nomini teskarisiga o‘qib ko‘ring– Placebo (Platsebo). Aslida hech qanaqasiga dori bo‘lmagan “Obecalp” 1998 yilda avstraliyalik shifokor Maykl Akstens (Michael Axtens) tomonidan ishlab chiqilgan.

Ammo unga bunday nomni Akstens bermagan. Placebo so‘zini teskari tartibda yozishni aynan amerikaliklar, aniqrog‘i Merisvill (Marysville, Kaliforniya) shahri tez yordam shifokorlari o‘ylab topishgan. Ular “Obecalp” dori vositasini barchaga emas, balki o‘zida yo‘q kasalliklarni o‘ylab topib, qayta-qayta tez yordam chaqiraveradigan bemorlarga yozib berishadi.

Mazkur retseptga ko‘ra, bemor 12 oy mobaynida har kuni bittadan “Obecalp №3” tabletkasini qabul qilishi kerak. Ana shunda chaqiriq orqali kelgan keyingi shifokor o‘zidan oldingi feldsherlar tavsiyalarini o‘rganish chog‘ida “Obecalp № 3” dori vositasini ko‘rib, darrov tushunib olishadi: bu bemor aslida kasal emas, xastaligini o‘zi o‘ylab topgan. Shundan kelib chiqib bemorga kerakli “terapiya” qo‘llaniladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech