O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

2023-2024 o‘quv yilarida Buyuk Britaniyalik hamkor Sanderlend va De Montfort universitetlarida magistratura yo‘nalishida malaka oshirish uchun navbatdagi tanlovni e’lon qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi qoshidagi Farmasevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi

 va Farmasevtika texnik universiteti 

2023-2024 o‘quv yilarida Buyuk Britaniyalik hamkor Sanderlend va De Montfort universitetlarida magistratura yo‘nalishida malaka oshirish uchun navbatdagi tanlovni e’lon qilmoqda.

 

Tanlangan nomzodlar quyidagi yo‘nalishlardan biri bo‘yicha magistratura yo‘nalishida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar:

 

Farmasevtik biotexnologiya

Biotibbiyot fani

Klinik farmatsiya

Kosmetologiya

Dori vositalarini tadqiq qilish va ishlab chiqish

Muhandislik menejmenti

Farmasevtika texnologiyalarining sifatini ta’minlash

Elektronika Muhandisligi

Biokimyo

Ma'lumotlarni qayta ishlash

Tibbiy kimyo

Ma'lumotlar analitikasi

 

Tanlovda g‘olib bo‘lgan va hamkor oliy o‘quv yurtlarida o‘qishni tugatgan nomzodlar Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmasevtika klasterida joylashgan Farmasevtika texnik universitetida akademik, ilmiy va ma'muriy hodim sifatida kaspiy va ilmiy faoliyatini davom ettiradilar 

Malaka oshirish uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • farmasevtika, biologiya, kimyo, tibbiyot fanlari, axborot texnologiyalari yoki turdosh yo‘nalishlarning bakalavr diplomi;
  • Ingliz tili bilim darajasi – kamida IELTS 6.5 yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikatga ega bo‘lish;
  • Tashkent Pharma Park tizimida kasbiy rivojlanishga bo‘lgan motivatsiya;

Nomzodlar quyidagi hujjatlar to‘plamini yuborishlari shart:

  • Ingliz tilida to‘ldirilgan onlayn ariza va qisqa motivatsiya xati;
  • pasport, diplom va tegishli guvohnoma, va mavjud bo‘lsa, mehnat daftarchasi nusxasi va nashr etilgan maqolalar ro‘yxati.

Arizangizni form.uzpharmagency.uz manzilida to‘ldirib qoldirishingiz mumkin. Arizalar 2023 yil 15 maygacha qabul qilinadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech