O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Ohangaron tumanida 2 mlrd so‘mlik dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyati IIBB Jinoyat qidiruv boshqarmasi va Ohangaron tumani Ichki ishlar bo‘limi YPX xodimlari  bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir natijasida Namangandan Toshkentga olib kirilishi rejalashtirilgan noqonuniy dori vositalari muomaladan olindi. Dori-darmonlarning birlamchi bahosi 2 milliard so‘mga tengligi hamda ushbu vositalar COVID-19 infeksiya va boshqa kasalliklarga qarshi dorilar ekanligi aniqlangan.

Kecha 28 oktyabr kuni, Namangan shahrida yashovchi 37 yoshli S.X. hamda 34 yoshli A.O‘. boshqaruvidagi “Lacetti” Namangandan Toshkent tomon harakatlanadi. Harakat davomida avtotransport vositalari “Chinor” YPX maskanida xolislar ishtirokida ko‘zdan kechiriladi. Ko‘zdan kechirish vaqtida avtotransport vositalarining yukxona va salonida birlamchi taxminiy narxi 2 milliard so‘mga teng bo‘lgan, bir necha turdagi dori vositalari hech qanday hujjatsiz Toshkent shahriga olib ketayotganligi aniqlandi va rasmiylashtirilib olingan.

Qo‘lga olingan shaxslar bilan olib borilgan surishtiruv davomida, ular ushbu dori-vositalarini tanishi – Namangan shahrida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan S.A. Toshkent shahriga olib borib berish uchun buyurtma sifatida olganliklari aniqlangan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan viloyat IIBB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan qo‘shimcha surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech