O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

OIVga chalingan bemorlar 22 turdagi virusga qarshi dorilar bilan bepul taʼminlanadi

Prezidentimiz boshchiligida ftiziatriya va pulmonologiya sohasini rivojlantirish, OITS kasalligining oldini olish masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda:

OIV infeksiyasi bo‘yicha tekshiruvni kengaytirib, 3 million aholini qamrab olish choralari belgilandi. Bunday bemorlar 22 turdagi virusga qarshi dorilar bilan bepul taʼminlanadi.

Hududiy OITS markazi va tumanlararo laboratoriyalarni taʼmirlash, ularni zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlashga masʼullar biriktirildi.

Tibbiyotning birlamchi bo‘g‘ini xodimlarini OIV infeksiyasi bo‘yicha malakasini oshirish, aholi o‘rtasida kasallik va uning oqibatlari to‘g‘risida tushuntirish ishlarini kuchaytirish muhimligi qayd etildi.

Yakunda ftiziatriya, pulmonologiya va OITS yo‘nalishlarida dasturiy qarorlar loyihalarini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech