O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Olimlar avvalgilardan ham yuz barobar kuchliroq antitelani aniqlashdi

Amsterdam universiteti tibbiyot markazi tadqiqotchilari COVID-19 bilan kasallanib chiqqan mijozda virusga qarshi yangi, yana-da kuchliroq antitelani aniqlashdi.

Undagi antitela avval koronavirusga chalingan bemorlarda paydo bo‘lgan antiteladan ham bir necha barobar kuchli bo‘lib chiqdi, deb xabar qiladi NL Times nashri vrachlar bergan maʼlumotga tayanib.

Olimlar koronavirusni davolaydigan dorini yaratishda qo‘l keladigan ikkita proteinni topishdi. «Ushbu yangi antitela avvalgilaridan yuz barobar kuchli», - deydi tadqiqot guruhi rahbari doktor Marit van Gils.

Xabarda taʼkidlanishicha, agar antitela shunchalik kuchli bo‘lsa, demak kasallikni samarali davolash uchun u kamroq talab etiladi, bu esa antitelani ishlab chiqarish arzon bo‘ladi, deganidir.

“Biz COVID-19ga chalingan bemorlarning qonidan olingan barcha antitelani laboratoriyada testdan o‘tkazdik va eng kuchli variantlarini ajratib oldik”, - dedi shifokor.

Navbatdagi qadam antitelani qo‘llashda uning xavfsizligini isbotlashdan iborat. Avval boshda laboratoriyadagi hayvonlarda test o‘tkaziladi. Agar test muvaffaqiyatli o‘tsa, keyin odamlarda sinab ko‘riladi. Doktor van Gils insonlarda sinab ko‘rish kelasi yilning boshidan boshlanishi mumkinligiga umid bildirdi. Shundan keyingina, keng ko‘lamda ishlab chiqarishga kirishiladi, deydi u.

Amsterdamlik tadqiqotchilar COVID-19dan davolanib chiqqan bemorlarning qonini testdan o‘tkazish va yana-da kuchliroq antitelani topish yo‘lidagi sayʼ-harakatlarini kelgusida ham davom ettirish niyatida. Ular antitelalardan o‘ziga xos “kokteyl” yaratishmoqchi. Bu koronavirusga chalinishning oldini oluvchi vaksina kabi qisqa muddatda taʼsir ko‘rsatuvchi vosita bo‘lishi lozim, deydi olimlar.

Manba: UzA

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Matbuot xizmati

Ko‘proq yangiliklar bizning @Uzpharm_agency telegram-kanalida

Manzilimiz: 100084 Toshkent shahri, Chingiz Aytmatov ko‘chasi, 1-A uy.

Telefon:  (998 71) 203-81-81

Elektron manzil: farmagentlik@minzdrav.uz

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech