O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining 2021 yil faoliyati yakunlari bo‘yicha hisoboti

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmog‘ida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4554-son qarori bilan tasdiqlangan 2020-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasining farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish konsepsiyasi doirasida 2021 yil yakunlari bo‘yicha quyidagi natijalarga erishildi.

I.Ishlab chiqarish.

2021 yil mahalliy korxonalar tomonidan umumiy qiymati 3,6 trln.so‘mlik farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarildi va ishlab chiqarish hajmi 2020 yilga nisbatan 29 foizga o‘sdi.

II.Farmatsevtika mahsulotlarini ekspertizadan o‘tkazish va standartlashtirish bo‘yicha.

2021 yil yakunlari bo‘yicha davlat ro‘yxatidan o‘tgan mahalliy farmatsevtika mahsulotlarining soni 3 665 tani tashkil etdi shundan, 3 184  ta dori vositalari, 386 nomdagi tibbiy buyumlar va 95 nomdagi tibbiy texnika vositalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

III. Farmatsevtika korxonalari va tashkilotlari.

2022 yil 1 yanvar holatiga respublikamizda jami 221 ta farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ulardan, 91 tasi dori vositalari, 32 tasi tibbiy texnika, 90 tasi tibbiy buyumlar va 8 tasi dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqarishga140 ta dorixonalar dori vositalarini tayyorlashga ixtisoslashgan.

Shu bilan birga, 616 ta ulgurji realizatsiya bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar va 15790 ta dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi dorixonalar va ularning filiallari mavjud.

IV.Referent narx shakllantirish tizimi bo‘yicha.

Tibbiyot amaliyotida qo‘llanishga ruhsat etilgan va Uzpharminfo.uz axborot tizimiga savdo nomi, dozasi, shakli va  qadoqdagi sonini hisobga olgan holda kiritilgan dori vositalarning umumiy ro‘yxati 32 989 tani tashkil etadi. 2020 yildan to bugungi kunga kadar 10 023 ta dori vositalarining cheklangan, ulgurji va chakana narxlari kayd etildi. Shundan, mahalliy dori vositalari 2 951 tani, xorijiy (import) dori vositalari 7 072 tani tashkil etadi.

V.Investitsiya faoliyati bo‘yicha.

Sohada investitsiya dasturiga kiritilgan 36 ta investitsion loyihalar doirasida 2021 yil 97,5 mln. dollar investitsiya mablag‘lari (shu jumladan, 31,7 mln. doll. to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar) o‘zlashtirildi (rejaga nisbatan 100 foiz) hamda umumiy qiymati 70,7 mln. dollarlik 13 ta loyiha ishga tushirilishi natijasida 862 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi.

VI.Cavdo aylanmasi bo‘yicha.

Eksport. 2021 yilda 70,2 mln. doll. farmatsevtika mahsulotlari va xizmatlari eksporti amalga oshirildi. Prognozga (40 mln. doll.) nisbatan reja 175,5 foizga bajarildi.
Import. 2021 yilda respublika hududiga 1,26 mlrd. doll. dori mahsulotlari import qilingan.

VII. Xalqaro standartlarni joriy etish bo‘yicha.

221 ta farmatsevtika korxonadan 95 tasi (42 foizi) xalqaro va milliy standartlar joriy qilgan, jumladan 59 ta korxonada ISO 9001:20086 ta korxonada ISO 13485 xalqaro standarti, 30 ta korxonada O‘zbekiston davlat standarti (GMP) joriy qilingan.

VIII. Xalqaro hamkorlik bo‘yicha.

2021 yilning o‘tgan davrida 30 dan ortiq O‘zbekiston va xorijiy mamlakatlarda o‘tkazilgan forum, ko‘rgazma, sammit va boshqa tadbirlarda Agentlik ishtirok etib shulardan 15 dan ortiq forum va ko‘rgazmalar doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning ishtiroki taʼminlanib, jami 18 ta memorandum va bitimlar imzolandi.

IX. Murojaatlar bilan ishlash, OAV faoliyati.

2021 yil Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligiga jismoniy va yuridik shaxlardan jami 544 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 124 ta murojaat qanoatlantirildi, 355 ta murojaat bo‘yicha tushuntirish berildi, 30 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha masʼul tashkilotlarga yo‘naltirildi.

2021 yil davomida OAVda sohaga oid 158 marta chiqish qilindi. 2 ta matbuot anjumani, 10 ta press-turlar tashkil etildi. Matbuot xizmati tomonidan yil davomida Agentlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari va telegramdagi kanali orqali umumiy 4 565 ta post nashr qilindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech