O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

"O‘zbekiston davlat madhiyasi – g‘ururimiz faxrimiz" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan, joriy yilning 10 dekabr sanasida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Agentlikning Maʼnaviy – maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish davlat tili to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha direktor maslahatchisi Muhabbat Ibragimova tashabbusi bilan "O‘zbekiston davlat madhiyasi – g‘ururimiz faxrimiz" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir Agentlik jamoasining davlatimiz madhiyasini ijro etilishi bilan boshlandi. Shundan so‘ng uchrashuvga mehmon sifatida taklif qilingan Toshkent farmatsevtika institutining ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchi Yulduz Xusanbayeva "O‘zbekiston davlat madhiyasi – g‘ururimiz faxrimiz" mavzusida maʼruza qildi. Maʼruza davomida Davlatimiz madhiyasining yaratilish tarixi va Davlat suverenitetining ramzi sifatida qabul qilinishi yuzasidan qizqarli maʼlumotlar taqdim qilindi.

Maʼlumot uchun, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi Qonun 1992 yil 10 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI Sessiyasida qabul qilingan bo‘lib, Davlat madhiyasining so‘zi O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov qalamiga mansub, musiqasini esa bastakor Mutal (Mutavakkil) Burhonov yozgan.

O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat suverenitetining ramzidir. O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasiga zo‘r ehtirom bilan qarash O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining vatanparvarlik burchidir.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech