O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston fuqorolariga 1 iyundan boshlab piyoda yurganligi uchun pul to‘lanadi

"Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Prezident Farmoni qabul qilingani haqida xabar bergan edik. Mazkur farmonga muvofiq, 18 va undan yuqori yoshdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari piyoda yurganliklari uchun pul ishlashlari mumkin.

Bunda:

☑️ bir sutka davomida 10 ming va undan ortiq qadam yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi O‘zbekiston fuqarosining elektron hamyoniga 3 ming so‘m;
☑️ bir oyda bir marta tuman (shahar) bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 300 ming so‘m, hududlar bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 500 ming so‘m, respublika bo‘yicha eng ko‘p yurgan shaxsga 1 mln so‘m qo‘shimcha ravishda platformadagi elektron hamyoniga o‘tkaziladi;

Maʼlumot uchun, «Sog‘lom turmush tarzi» (www.1hls.uz) platformasi 10 maydan test rejimda ishga tushirilgan bo‘lib, 2021 yil 1 iyundan boshlab platforma to‘liq ishga tushiriladi va to‘lovlar belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Bu platforma Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot texnologiyalar  va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi vakili Umid Rajabovning maʼlum qilinishicha, ilova telefonda yuklanadi va onlayn tizimda ishlaydi. Unda shaxsga tegishli maʼlumotlar (ism-sharifi, bo‘yi, vazni, yoshi) kiritilgan holda ro‘yxatdan o‘tiladi. Ro‘yxatdan o‘tilgach start tugmasi bosiladi va 10 ming qadam va undan ortiq yurilsa, maʼlumot yaratilgan maxsus bazada ko‘rinadi. Shu maʼlumot asosida fuqaroning elektron hamyoniga mablag‘ kelib tushadi.

Sog‘lom turmush tarzi bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga beriladigan ushbu to‘lovlar alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga tatbiq etilgan yig‘imdan olinadi. Xususan, yig‘im mahsulot miqdoriga qarab eng kami 500 so‘mdan bo‘ladi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech