O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston-Germaniya ishbilarmonlar kengashining 6-majlisi yig‘ilishi doirasida biznes forum bo‘lib o‘tdi

Bugun Toshkentning “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida O‘zbekiston-Germaniya ishbilarmonlar kengashining 6-majlisi yig‘ilishi doirasida biznes forum o‘z ishini boshladi. Tadbirni  O‘zbekiston respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov ochib berib yig‘ilganlarni samimiy qutlab mamlakatlarimiz o‘rtasida investitsiyaviy, savdo, neft-kimyo va kimyo sanoati, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarish va turizm sohalaridagi manfaatli sheriklik istiqbollari, shuningdek, ushbu yo‘nalishda qo‘shma loyihalarning bugungi  yutuqlari haqida maʼlumot berdi hamda  forumda   hamkorlikda amalga oshirish loyihalariga katta umid bildirdi.

Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi boshqaruvi aʼzosi Manfred Grundke xam so‘zga chiqib nemis kompaniyalari, bank-moliya institutlari ishtirokida hamkorlik natijasida erishilgan kelishuvlar va imzolangan hujjatlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq hajmda amalga oshirilishi tuzilzilmalar doirasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga tomonlarning intilishi qatʼiy ekanini taʼkidladi.

Forumda qo‘shma loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshirish bo‘yicha qator bitimlar imzolandi. Xususan, Agentlik tomonidan «Edison Technologies GmbH» kompaniyasi bilan farmatsevtika yo‘nalishida “bir martalik tibbiy buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga ko‘yish va loyihaning texnik iqtisodiy asosnomasini ishlab chiqish to‘g‘risida memorandum imzolandi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish
agentligi Matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech