O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasining birinchi nashri uchinchi jildi tasdiqlandi

Farmakopeya — bu alohida mamlakatda yoki maʼlum bir xududda ishlatiladigan dori vositalari sifatini taʼminlash uchun qonunan rioya etilishi shart bo‘lgan standartlar to‘plamidir.

Zamonaviy farmakopeyalaring asosiy vazifasi — dori vositalari sifatiga umumiy talablarni, shuningdek faol farmatsevtika substansiyalari, tayyor dori vositalari, yordamchi moddalar, reaktivlar, reagentlar va shu kabilarga qo‘yiladigan alohida sifat standartlarini belgilashdan iboratdir.

Bugungi kunda amalda bo‘lgan JSSTning “Jahon farmakopeyalari va farmakopeya organlari indeksi”ga kirgan mamlakatlar ro‘yxatida 57 ta mamlakat, jumladan 3 ta hududiy farmakopeya organlari (YEI, YEOII va Afrika mamlakatlari) va 1 ta JSST (xalqaro farmakopeya) aks ettirilgan bo‘lib, 2021 yil dekabrdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi ham ushbu indeksga kiritilgandir.

Taʼkidlash joiz, 2023 yil 07 fevral sanasida O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirining 26-son buyrug‘i bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasining birinchi nashri uchinchi jildi tasdiqlandi.

Mazkur jilddan o‘rin egallagan farmakopeya maqolalari va boshqa maʼlumotlar haqida ushbu havolada batafsil o‘qishingiz mumkin.

Davlat markazi matbuot xizmati

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech