O‘zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi
Ру O`z Ўз En

“O‘zbekiston Respublikasida qon preparatlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish” loyihasini ishga tushirish bo‘yicha muzokara olib borildi

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida Xitoyning “XINDEYUAN BIOENGINEERING” kompaniyasi rahbariyati   va vakillari ishtirokida O‘zbekistonda “Qon preparatlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish” investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Joriy yil Samarqand viloyatida tashkil etilgan Forum doirasida “XINDEYUAN BIOENGINEERING” kompaniyasi vakillari O‘zbekistonga tashrif buyurib, Samarqand viloyati hokimi hamda Sog‘liqni saqlash vaziri bilan loyihani amalga oshirish yuzasidan muzokara o‘tkazdi.Samarqand viloyatida o‘tkazilgan muzokaralar davomida loyihani Samarqand viloyati Jomboy tumanida joylashgan “Urgut” EIZ hududida 15 gektar yer maydonida amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.
Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan vazirlikdan soha mutaxassislari, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va Samarqand viloyati hokimligi mas’ullari ishtirokida Ishchi guruh shakllantirish va “XINDEYUAN BIOENGINEERING” kompaniyasining qon preparatlarini ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish uchun Xitoy davlatiga xizmat safarini tashkil etish taklifi bildirildi.
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida xitoylik vakillar tomonidan 2023-yil iyul oyida “XINDEYUAN BIOENGINEERING” kompaniyasining texnik xodimlaridan iborat ishchi guruhining O‘zbekistonga tashrifi rejalashtirilganligi, loyihani amalga oshirish maqsadida loyiha oldi hujjatlarini tayyorlash ishlari olib borilishi (6-8 oy muddat talab etiladi) ma’lum qilindi. Uchrashuv davomida, kompaniya tomonidan loyihani 4-yil davomida to‘liq ishga tushirish, shundan 3-yil davomida hududlarda qon plazmasini yig‘ish markazlari hamda undan tayyor dori vositalarini ishlab chiqarish kompleksini tashkil etish, kelgusi 1-yil davomida korxonani ishga tushishi uchun zarur bo‘lgan litsenziyani olish talablari va shartlarini bajarish, dori vositalarini belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni amalga oshirish ma’lum qilindi.
Loyihaning umumiy qiymati 250 mln. AQSH dollari miqdorida belgilangan bo‘lib, shundan 50 mln. AQSH dollari qon plazmasini yig‘ish markazlarini tashkil qilish va 200 mln. AQSH dollari ishlab chiqarish korxonasini qurish uchun yo‘naltiriladi. Loyihani moliyalashtirish “XINDEYUAN BIOENGINEERING” kompaniyasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi ta’kidlandi.
Loyiha ishga tushirilishi natijasida, birinchi navbatda respublikaning ichki ehtiyoji to‘liq ta’minlangandan so‘ng, O‘rta Osiyo, MDH va Yevropa davlatlariga eksport qilish kutilmoqda.
Kompaniya vakilining ma’lum qilishicha Samarqand viloyatida tashkil etilishi rejalashtirilgan qon quyish markazi ish faoliyatini rivojlantirish maqsadida qon plazmasini ajratish uchun tibbiy jihozlar beg‘araz ajratilishi va undan foydalanish uchun markaz xodimlari malakasini oshirish yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilindi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech